Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisining ikkinchi kuni o'z nihoyasiga yetdi.

Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisining ikkinchi kuni o'z nihoyasiga yetdi.

Bugun, 31-oktabr kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Senatdan va hududiy studiyalarddan Senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

- “Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.

- “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.

- “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.

- “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.

- “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.

- “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.

- “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani 

(Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.

- “O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi Shartnomani (Xo‘jand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.

- O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Maxkamovaga mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=r-aRhFHH1EE) tarmog‘idagi sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 7