Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Farovon hayot yo`lida yangi qadam

 Neftchilar mahallasi aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan yana bir xayrli tashabbus amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Faridaxon Abdullaevaning ko`magi bilan mahalladagi gaz quvurlarini yangilash va ulash ishlari izchil ravishda olib borilmoqda. Hozirgi kunda ushbu loyiha yakunlanish bosqichiga yetgan bo`lib, bu ishlar mahalladagi aholining kundalik hayotida sezilarli o`zgarishlarni yaratishi shubhasiz. Loyihaning asosiy maqsadi — aholini barqaror va xavfsiz gaz ta`minoti bilan ta`minlash orqali ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, qulay muhit yaratish hamda mahallaning infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirishdir. Yangi gaz quvurlari o`rnatilishi natijasida uy xo`jaliklaridagi issiqlik tizimi barqaror ishlaydi, energiya tejamkorligi oshadi va xavfsizlik darajasi yuqori bo`ladi. Deputat F.Abdullaeva ta`kidlaganidek, bu kabi amaliy ishlar faqatgina texnik
o`zgarish emas, balki aholining farovon hayotini ta`minlashga qaratilgan amaliy qadamlarning yorqin ifodasidir.
“Bajarilgan mehnati, mas`uliyati va fidokorligi uchun tashkilotchi xodimlarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Ular nafaqat ishni sifatli bajardilar, balki mahallamiz aholisi uchun qulay va barqaror muhit yaratishga ham hissa qo`shdilar”, — deydi deputat F.Abdullaeva. 

Mahallada yaratilayotgan barqaror gaz ta`minoti — fuqarolar uchun katta qulaylik bo`lib, bu o`z navbatida, oilalarning farovonligi va turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi. Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Neftchilar mahallasida yangilanish va taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga yo`l ochadi. Bu kabi amaliy ishlar — “Farovon hayot yo`lida yangi qadam” shiori ostida xalq bilan muloqot va hamkorlik asosida olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.  

Slide 1 of 4