Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Deputat mahallada: ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tumandagi “Xo‘ja” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida mahalladagi ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, deputat E.Saidov tomonidan mahallada moddiy yordam ajratiladigan oilalar ro‘yxatiga “mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarni ham ro‘yxatga kiritilishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha ijtimoiy xodimga tegishli ko‘rsatmalar berilib, deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2