Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Shahar kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

   Ettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishi O‘zbekiston Respubliksi Davlat Madhiyasini ijro etilishi bilan boshlandi. Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilib, atroflicha muhokama etildi. Jumladan, Bekobod shahrida 2023-2025-yillar davomida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Bekobod shahar hokimi N.Babayevning Murojaati tinglandi. Tanqidiy-tahliliy va aniq raqamlar asosida berilgan hisobotda oxirgi uch yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Bundan tashqari keyingi yillar uchun ustuvor vazifalar to‘g‘risida alohida to‘xtalib, hokimlik, idora va
tashkilotlar, “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar va ularni ijrosi yuzasidan Murojaati qabul qilindi.

Shahar bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Ismoilovning hisoboti eshitildi. Umumiy jinoyatlarning kamayishiga erishilgan bo‘lsada, biroq jinoyat turlaridan firibgarlik, o‘g‘rilik va bezorilik kabi turlari oshib ketilishiga yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilindi. Bunda MFYlar, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi va boshqa idoralarning hisobotlari eshitildi. Shuningdek, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili" davlat dasturi ijrosi to‘g‘risida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Turakulovaning hisoboti, shahar mahalliy byudjetining 2025-yil 9 oylik yakunlari va “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-bosqich ijrosi to‘g‘risida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Safarovning hisoboti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shahar Tibbiyot
birlashmasi boshlig‘i R.Axmedovning hisoboti hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi holati yuzasidan shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbari K.Temirovning hisobotlari atroflicha muhokama etildi. Sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 7