Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
#jarayon

#jarayon

Viloyat markazi — islohotlar markazi hamdir

Nurafshon — navqiron shahar. U keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha tarmoqlarida jadal yuksalish va rivojlanish yo‘lini bosib o‘tmoqda. Ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan shahrimizning ertangi istiqboli yanada nurafshon bo‘lishi uchun keng ko‘lamli vazifalar ijrosi izchillik kasb etmoqda. 

Shu bilan birga, hali shaharda ishga solinmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Ularni hayotga bekamu ko‘st tadbiq etish Nurafshonni o‘z nomiga mos farovonlik va obodlik manziliga aylantirishi shubhasiz. 

 Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida shular xususida so‘z bordi. 

Kun tartibiga muvofiq, sessiyada Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov 2023-2025 yillarda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan shahar aholisiga murojaat qildi.

Shahar hokimi o‘z vazifalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan soha va tizim rahbarlariga qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. 

Xususan, mahallalardagi 2 ta hokim yordamchisi, 2 ta ijtimoiy hodimni, shuningdek, "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi rahbarini vazifasidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

5 ta tijorat banki filiali, Bandlik bo‘limi va Mahallalar uyushmasi rahbarlari, shuningdek, soliq va kadastr idoralari rahbari o‘rinbosarlariga xayfsan berish bo‘yicha taklif kiritildi. Kommunal soha idoralari rahbarlari qat’iy ogohlantirildi.

Shahar hokimining murojaati yuzasidan deputatlar Jo‘ra Ahmedqulov va O‘tkir Rashidov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6