Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Deputat - 21 oktabr – o‘zbek tili bayrami munosabari bilan talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazdi

Ayni kunlarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu intilish va sa’y-harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda.Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘zbek tili bayrami munosabati bilan mamlakat xalqiga yo‘llagan tabrigidan olindi. 

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ta’siri va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga asosan ushbu tarixiy sana bayram sifatida belgilandi. 

O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligini tashkil etuvchi o‘zbek xalqining ona tilidir. Bu ham O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omilidir. 

Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan bir qatorda qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida ham efirga uzatilmoqda, maktablarimizda o‘quv jarayoni 7 tilda olib borilayotgani jahonda o‘ziga xos tajribadir. Mamlakatimizda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan va xorijiy tillarga kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari soni ortib borayotgani ham bu boradagi muhim o‘zgarishlar samarasidir.