Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganib borilmoqda

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari S.Masharipov hamda P.Ro‘ziboyevlar hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari (8-sonli, 10 va 11-sonli o‘rta umumta’lim maktablari hamda 37-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi)ni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdilar.

Mavsumga tayyorgarlik jarayoni aslida Urganch shahar hokimi B.Radjapovning tashabbusi bilan shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan «Yagona axborot-tahlil monitoring markazi» orqali ham masofadan turib kuzatiladi.

Shuningdek, markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib, markazlashtirilgan tartibda ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda takliflar kiritish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Biroq o‘rganishlar davomida markaz tomonidan kuzatishning imkoni bo‘lmagan muammoli holatlar (quvurlarning izolyatsya qilinmaganligi, texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan yo‘riqnoma mavjud emasligi, qozonxona tozaligi va qulayligi v.b) ko‘zdan kechirilib, ayrim muammolar joyida bartaraf etildi.

 

Slide 1 of 1