Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Payariq tumanida obodonlashtirish va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari tashkil etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi o‘rtasida ekologik hamda ijtimoiy madaniyatni yuksaltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova tashabbusi bilan "Ko‘ktepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 57-umumta’lim maktabi, 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hamda xususiy DMTM (maktabgacha ta’lim muassasasi) xodimlari ishtirokida navbatdagi obodonlashtirish va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida mahalla hududida joylashgan jamoat joylarini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, mavjud yashil maydonlarni parvarish qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga odob-axloq qoidalari, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, jamoat mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Bu orqali nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki aholining ma’naviy-ma’rifiy ongini yuksaltirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputat M. Nurmanova o‘z chiqishida ushbu tashabbuslarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tib, mahalla ahli, ta’lim muassasalari jamoalari va yoshlarga bu boradagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Tashkil etilgan tadbir mahallada ekologik va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bilan birga, fuqarolar o‘rtasida hamjihatlik, bir-biriga hurmat va jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 5