Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-iyul kuni Konimex tumani hokimligining majlislar zalida Konimex tuman Kengashining navbatdagi o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda ommoviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Alisher Jaynarov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga “13-Kukcha” saylov okrugidan deputat Xafiza Shirinovani tayinlash to‘g‘risidagi taklif deputatlar tomonidan maqullandi.  

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala Konimex tumani hududida qonuniylik va huquq-targ‘ibotini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 2025-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori E.Djabbarovning axboroti eshitildi.  

Kun tartibiga kiritilgan ikkinchi masala Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida 2025-yil II-chorak yakuni bo‘yicha tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Nasimovning axboroti tinglandi.  

Uchinchi masala Konimex tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida hisoboti eshtildi.

To‘rtinchi masala Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha joriy yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Navoiy suv ta’minoti” AJ Konimex tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Jo‘raqulovning hisoboti eshtildi.

Shu va shu kabi yana bir qator masalalar sessiya ishtirokchilariga havola etildi. Sessiya so‘ngida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 8