Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Doimiy komissiyaning sayyor yig‘ilishi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy kengash deputatlaprining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha bergan tavsiyalari asosida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish amaliyoti amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”si a’zolari shahar IIB JXX YHXBda sayyor yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani joyiga chiqib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi. Sessiya kun tartibidagi “Shaharda xavfsiz va ravon yo‘l umumilliy dasturi va avtomabil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi Bekobod shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i X.Babayevning hisoboti eshitildi. Hisobotda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 9-iyul kuni “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hisobotda jami yo‘l-transport hodisalari 6 oylik davomida 12 ta sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 taga yoxud 25 foizga kamayganligi, YPX inspektorlari tomonidan jami 5 ming 791 ta (o‘tgan yili 4200) qoidabuzarlik aniqlanganligi, tahlillar asosida aniqlangan 7 ta “Avariya o‘chog‘i” bartaraf etilganligi aytib o‘tildi.  

Muhokama jarayonida doimiy komissiya raisi G.Sharipova, Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputatlari A.Ismatov, K.Muxitdinova, J.Kamolxodjayev shaharda yo‘l transport xodisalarini oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab, yana bir qator ishlar olib borilishi yuzasidan takliflar berdilar. Jumladan, “avriya o‘choqlari”da kuzatuv kameralarini o‘rnatish, piyodalar o‘tish joylarini belgilangan tartibda jihozlash, “Buyuk ipak yo‘li”dan G‘.G‘ulom ko‘chasini boshlanishida piyodalar yo‘lagini tashkil etish, “Me’mor” ko‘chasida ham harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida temir beton to‘siqlarini o‘rnatish kabi masalalar kiritildi. Kun tartibidagi masalani ahamiyatini e’tiborga olib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.  

Slide 1 of 4