Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
MUNOSABAT

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-iyul kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi, o‘ylaymanki, xalqimizning dilidagi gaplar va o‘ylantirayotgan masalalarni yechimi bo‘ldi. Dono xalqimizda “Yo‘l qoidasi – umr foydasi”, “Yo‘l azobi – go‘r azobi” – degan maqollar bejizga aytilmagandir. Yo‘llar davlatlarni, xalqlarni, dillarni bir-biriga bog‘laydi. Yo‘ling ravon bo‘lsa, bexatar bo‘lsa, bir so‘z bilan aytganda jonning huzuridir. Shundan kelib chiqqan holda yuqoridagi videoselektor yig‘ilishida ushbu masalaga aloqador barcha jabhalar ochiq-oydin ko‘rib chiqildi, muammolar aytildi va amaliy yechimi ham berildi. Nima bo‘lganida ham Siz-u biz ko‘chaga chiqdikmi, xohlaysizmi-yo‘qmi, yo‘l harakati ishtirokchisiga aylanasiz. Inson hayotidek ulug‘, buyuk ne’mat bo‘lmasa kerak. Har bir insonning hayoti o‘ziga va yaqinlariga qadrlidir. Hech kim ko‘chaga chiqqanida yomon niyatda chiqmaydi, aksincha tinch, eson-omon manzilga yetib borishni o‘ylaydi, harakat qiladi.

Prezidentimiz sohada hali dolzarb masalalar ko‘pligini afsus bilan ta’kidlab, birinchi navbatda yo‘l-transport hodisalari o‘tgan yili 9 ming 364 ta shunday hodisa sodir
bo‘lganligini, ularda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olganligi va eng achinarlisi, 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lganligini aytib o‘tdi. Har to‘rtinchi avariyada bir kishi yoki kuniga o‘rtacha olti kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan harakat xavfsizligi, eng avvalo, yo‘llarning holati va qulayligiga bog‘liq. Bugungi kunda bizning Bekobod shahrida ham yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, avtohalokatlarni oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda Xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari tomonidan aholi bilan uchrashuvlarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boriladi hamda deputatlik nazorati kuchaytiriladi. 

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U.Abdunazarov