Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Deputat va mahalla raisi ishtirokida ochiq muloqot: muammolar o‘rganildi, takliflar eshitildi

 Deputat va mahalla raisi ishtirokida ochiq muloqot: muammolar o‘rganildi, takliflar eshitildi 

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati 5-Uchqizil saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Norsayev va mahallasi raisi Sh.Ishonqulov ishtirokida hudud aholisi bilan ochiq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv joylarda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni joyida o‘rganish, ularning fikr-mulohaza va takliflarini eshitish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish maqsadida
tashkil etildi.
 

Uchrashuv avvalida deputat 1-yarim yillikda qilgan ishlari bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi. 

Suhbat davomida mahalla faollari, nuroniylar va ayollar qatnashib, turli yo‘nalishlardagi muammolar bo‘yicha murojaat va takliflarini deputatga
yetkazishdi. Jumladan:
  

  • Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar, 
  • Ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, 
  • Yoshlar bandligi va kasb-hunarga yo‘naltirish, 
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun infratuzilma imkoniyatlari, 
  • Aholining ijtimoiy himoyasi kabi masalalar ko‘tarildi. 

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalar bo‘yicha joyning o‘zida tegishli tashkilotlarga telefon orqali murojaat qildi. Qolgan
muammolar bo‘yicha esa yozma tarzda arizalar qabul qilinib, belgilangan muddatlarda nazoratga olinishi ma’lum qilindi.
 

Mahalla raisi esa o‘z navbatida, mahallada olib borilayotgan islohotlar, obodonlashtirish ishlari va jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga
oshirilayotgan tashabbuslar haqida hisobot berdi. U, shuningdek, kelgusida mahalla doirasida "Mahallabay ishlash" tamoyili asosida har bir
fuqaroning ijtimoiy holatini chuqur o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
 

🔹 Uchrashuv yakunida deputat quyidagilarni ta’kidladi:
"Har bir murojaat – bu biz uchun buyruq. Xalqimizning ishonchiga munosib bo‘lish uchun muammolarni qog‘ozda emas, hayotda hal qilishga harakat qilamiz." 

📌 Bunday uchrashuvlar deputatlar va xalq o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu orqali aholi ishonchi mustahkamlanmoqda, ochiq muloqot madaniyati yuksalmoqda.  

Slide 1 of 10