Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
#KORRUPSIYA_TARAQQIYOTGA_TAHDID

 Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan PF-71-sonli farmoni – "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi muhim hujjat mazmun-mohiyati keng yoritildi. Tadbir ishtirokchilariga ushbu farmon doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar, vazifalar hamda tashkilot va muassasalarning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli burchlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Yig‘ilish davomida korrupsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga yetkazayotgan salbiy ta’siri, davlat va jamiyat rivojiga qilayotgan zararli ta’siri atroflicha tahlil qilindi. Xususan, elektr ta'minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan korrupsion holatlar, ularning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
 

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik nazorati va axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Korrupsiya holatlari aniqlanganda fuqarolarning tezkor murojaat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, xodimlar o‘rtasida muntazam huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.
 

Yakunda barcha ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning vijdoniy burchi ekani, bu borada har bir soha vakili, ayniqsa davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan xodimlar yuksak mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi alohida qayd etildi. 

Mazkur tadbir tuman miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish, ijtimoiy ongda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida halollik, vijdonlilik va qonuniylik tamoyillarini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati

Slide 1 of 8