Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Turizm imkoniyatlari va sa’y-harakatlar samarasi

 Zomin — bu nafaqat tarixiy yodgorliklari va go‘zal manzaralari bilan mashhur maskan, balki turizm rivoji uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos hududdir. Yurtimizda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat bugun Zomin tumanida ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.  

Tumanda amalga oshirilgan ishlar –sanoat va infratuzilma sohasidagi ulkan o‘zgarishlarning yaqqol namunasidir, desak to‘g‘ri bo‘ladi.  

Iqtisodiy islohotlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Turli xizmat ko‘rsatish markazlari, savdo do‘konlari, mahalliy sex va ustaxonalarning tashkil etilishi orqali aholining daromad manbai oshmoqda. Bu esa kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi. 

Hozir tumanning qay bir mahallasiga bormang, katta-katta o‘zgarishlar, aholining hayotdan rozi bo‘lib yashayotganiga guvoh bo‘lasiz. Masalan, tumanda turizm sohasi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda.
Alohida e’tibor tufayli tumanga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yildan-yilga oshib borayabdi.  

Xususan, Zomin turistik zonasidagi olib borilgan ishlar turizm sohasidagi strategik yutuqlardan biri bo‘ldi. Ushbu maskanda yaratilgan shart-sharoitlar nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb etmoqda. Turizm orqali aholi bandligi
ta’minlanib, mahalliy mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talab oshyapti. 

O‘zim ham Zomin tumani farzandi sifatida shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, oxirgi yillarda bo‘layotgan bu kabi ulkan o‘zgarishlarni saylovchilar bilan uchrashuvlarimiz davomida ham bevosita guvohi bo‘lyapmiz. 

Zomin tumanidagi islohotlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi yorqin namunasidir. Tuman hududida ta’lim markazlari, uzoq tibbiy xizmat o‘rniga mahalliy zamonaviy shifoxonalar — bularning barchasi odamlarning hayotida tub o‘zgarishlar yaratib, farovonlik sari yo‘l ochmoqda. 

Faol islohotlar natijasida tumanda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham yuksalib boryapti. Bu esa hudud va mamlakatning umumiy rivoji uchun ham katta poydevor yaratadi. 

Qayd etish joizki, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar soha va tarmoqlarda o‘z natijasini berayotganini ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz.  

Albatta, bugun tumanda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar aholi bandligini ta’minlash, odamlarning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.  

Shubhasiz, tumanimizda olib borilayotdan amaliy islohotlardan so‘ng yuzlab yangi loyihalar amalga oshiriladi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, xalqimiz farovonligi yanada yuksaladi. Bizga belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashda
biz, deputatlar ham kamarbasta bo‘lamiz. 

  Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Goibnazarov