Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Islohotlar natijadorligi – xalq dardini eshitish va yechim topish bilan o‘lchanadi.

🔹2025-yil 16-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning haqiqiy natijadorligi, hududlarda bu ishlar qanday ijro etilayotgani va aholining kundalik hayotidagi muammolarga yechim topish masalalariga bag‘ishlandi

🔹So‘nggi oylarda aholi murojaatlari asosida 12 mingdan ortiq muammo o‘rganilgani va shundan 8 mingtasi hal etilgani Prezidentimiz tomonidan alohida ta’kidlandi. Bu – davlat idoralari tomonidan xalq dardini eshitish va yechim topishga jiddiy yondаshilayotganini ko‘rsatadi.

Davlat rahbari tomonidan “har bir hududda o‘zgarish bo‘lmasa, islohot natijasi yo‘q” degan fikr aytilib, barcha darajadagi rahbarlarga javobgarlik yuklanganligi, ulardan raqam emas, hayotdagi o‘zgarish so‘ralayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

🔹Meni eng ko‘proq quvontirgan jihat – muammoni tan olish va uni yashirish o‘rniga yechim topishga urinishdir. Bu – xalq bilan muloqot va ishonch muhitini yaratishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida hududiy boshqaruvda natijadorlik va javobgarlikni oshirish talab etiladi. Shu bilan birga, aholining muammolarini “Xalq nazorati” elektron portali orqali yuborish tizimini respublika bo‘ylab tatbiq etish ishlarini jadallashtirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Ushbu tizim aholi murojaatlarini shaxsan rahbarlar tomonidan har hafta ko‘rib chiqilishi va muammolarni tezkorlikda bartaraf etilishiga, eng muhimi fuqarolarning roziligiga erishishga zamin yaratadi. Kutilayotgan o‘zgarishlar ma’muriy boshqaruvni xalqqa yaqinlashtirish, raqamlashtirish orqali shaffoflashtirish va eng asosiysi, natijaga qaratayotgan tizimni shakllantirishga qaratilgan.

🔹Bu o‘zgarishlar amalga oshsa, rahbariyat va xalq o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanadi, byurokratiya qisqaradi va joylardagi muammolar tezkor yechim topadi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Axmedov Fatxulla Raxmatullayevich