Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Munosabat

🗓Yig‘ilishda
qayd etilganidek, 2025-yilning yanvar–may oylarida iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarda
ijobiy o‘sish kuzatilgan: sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport hajmi 18 foizga, xorijiy
investitsiyalar 46 foizga oshdi. Shu davr mobaynida 2,5 mingdan ziyod yangi ishlab
chiqarish quvvati ishga tushirildi, 2,4 million aholi daromadli faoliyatga jalb
etildi. 

 

️Shu bilan birga, joylardagi faoliyatda bir qator
tizimli muammolar aniqlangani ta’kidlandi. Ayrim hokimlik va tashkilotlar aholi
murojaatlarini hal etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Sud qarorlari o‘z vaqtida
ijro etilmayapti, byurokratik to‘siqlar va vakolatlar taqsimoti muammoli ekani qayd
etildi.

Mazkur
muammolarni bartaraf etish va boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida
Prezidentimiz quyidagi muhim tashabbuslarni ilgari surdi: 

Ijro intizomi
bo‘yicha nazorat vakolati Hisob palatasiga beriladi. Palata mablag‘larning natijaga
yo‘naltirilishi va aholi roziligi darajasini tahlil qiladi. 

 

"Xalq nazorati"
elektron platformasi butun respublika bo‘ylab joriy etiladi. Barcha davlat
tashkilotlari ushbu yagona tizimga ulanadi. 

Xalq qabulxonalari faoliyati tubdan qayta tashkil etiladi. Ularga tuman va viloyat hokimlari shaxsan
rahbarlik qiladi, murojaatlar joyida hal etiladi. 

Tuman va shaharlarda
yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi. 2025-yilda Surxondaryo viloyati hamda 16 ta
tumanda pilot dastur amalga oshiriladi. 9 ta davlat idorasining tuman bo‘limlari hokimlikka biriktiriladi, moliyaviy va kadrlar bo‘yicha vakolatlar kengaytiriladi.

Hokim va o‘rinbosarlarsamaradorligi KPI asosida baholanadi. Yuqori natijaga erishgan hududlarga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi, ko‘rsatkichlar bajarilmasa — rahbar almashtiriladi.

️Yig‘ilishda shuningdek, investitsiyalarni jalb etish,
eksport salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligi va jamoat transportini rivojlantirish,
yashil hududlar va bolalar maydonchalarini ko‘paytirish kabi masalalarga alohida
e’tibor qaratildi. 

📌Bu galgi videoselektor yig‘ilishi islohotlar jarayonini chuqur tahlil qilish, muammolarni
ochiq-oshkor aytib, ularga aniq va qat’iy yechimlar taklif etish bilan ahamiyatli
bo‘ldi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar davlat boshqaruvini
markazdan mahallaga qarab transformatsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, ijro intizomi,
joylarda tashabbus va mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mamurjonova Mastura Anvarovna