Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Munosabat

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi O‘zbekistonning ochiqlik siyosatiga,
innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikka sodiqligini yaqqol namoyon etdi. Unda dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar fonida O‘zbekistonning strategik yondashuvlari, xususan, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va IT eksporti kabi sohalardagi yutuq va maqsadlari haqida keng maʼlumotlar berildi.
   

Eng avvalo, forumga 100 ga yaqin davlatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmonlarning ishtiroki O‘zbekistonning global maydondagi nufuzi oshib borayotganidan darak beradi. Mamlakatimizga bo‘lgan ishonchning kuchaygani – iqtisodiy islohotlar samarasi va barqaror siyosiy muhitning natijasidir.   

Prezidentimiz tomonidan keltirilgan raqamlar – IT eksportining 1 milliard dollarga yetishi, 2030-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni
besh barobarga oshirish rejasi, 500 megavattli 20 ta “data markaz” qurilishi – bu mamlakatning raqamli transformatsiya yo‘lida jiddiy harakat qilayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi yosh avlodni yangi texnologiyalar asosida tayyorlashga qaratilgan uzoq muddatli strategik yondashuvdir.
   

Shuningdek, Prezidentimizning tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni zamonaviy sunʼiy intellekt modellariga integratsiya qilish
tashabbusi – bu faqat texnologik emas, balki maʼnaviy jihatdan ham yuksak qadriyatlarni asrab-avaylashga intilish sifatida baholanishi mumkin.
   

Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbarining ushbu nutqi O‘zbekistonning global investitsion muhitdagi o‘rni, innovatsiyalarni
ilgari surishdagi qatʼiyati va xalqaro hamkorlikdagi ochiqligini ko‘rsatdi. Bu nafaqat investorlarga, balki mamlakatimiz ichkarisidagi islohotlar natijadorligiga ham yangi turtki beradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati                            

Bekzod Mengliev

Slide 1 of 1