Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashriflari mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim kelishuv va uchrashuvlarga boy bo‘lishi bilan birga mustaqil davlatimizning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatlarni ham belgilab berdi.  

Xususan, davlatimiz rahbari Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlar bilan uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasini yangilash, logistika markazlari qurish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va farmasevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani muhim ahamiyat kasb etadi.  

Bundan tashqari, ekstraditsiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, tabiiy ofatlar monitoringi, ilm-fan, innovatsiyalar va tinch atom sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida muhim hujjatlar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari tomonidan kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolangani davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 21 may kuni esa Budapesht shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etib, o‘z nutqida turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergani dunyo siyosatchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Xususan, Prezidentimiz jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini, xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda ushbu tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi.  

Shuningdek, Prezidentimiz turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, xususan, turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash, tashkilot a’zolarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida «Turk-treyd» onlayn platformasini yaratish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish, Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida «yagona darcha» va «yashil yo‘laklar» tizimini tez fursatda joriy etish kabi dolzarb takliflarni berdi.  

Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmasevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklifi bildirilgani tashkilot istiqbolini belgilab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Vengriyaga amaliy tashrifi nafaqat yurtimiz milliy iqtisodiyoti, balki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga hissa qo‘shdi.  

Ilhom Rajabov,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi,
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, deputatlik guruhi rahbari