Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bolalar xavfsizligi — ustuvor vazifa!
янв.21
"SALOVAT" MAHALLASI HAR TOMONLAMA XAVFSIZ VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI
янв.21
"Harbiy vatanparvarlik" tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Dastur ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
"Obod koʻcha- obod xonadon-obod mahalla" dasturiga tushgan Boʻston mahallasida ishlar qizg'in davom etmoqda.
янв.21
“14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining qurilish-ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini o‘rgandi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashuvda

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashkadaryo viloyat Kengashi raisi N.Xalimov, partiyaning Koson tuman Kengashi raisi A.Urinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan xalq deputatlari Qashkadaryo viloyat Kengashiga 31-Nartibaland saylov okrugidan saylangan deputat Salyamov Zayniddin Samatovich, xalq deputatlari Koson tuman Kegashiga saylangan deputatlar X.Sattorova va U.Axmedovlar Koson tuman Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi majlislar zalida tumanning Nartibaland, Mesit va Do‘stlik mahallalari saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. 

Tadbirda 2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi doirasida yurtimizda viloyatimizda, xususan Koson tumanida bo‘layotgan islohotlar, yaratillayotgan yangi bog‘lar, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketish va boshqa ekologik muammolarning oldini olish, bu muammolarni bartaraf etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi va bu borada fikr-mulohazalar va takliflar eshitildi. 

Saylovchilar tomonidan berilgan savollarga deputatlar tomonidan tegishlicha javoblar berildi.  

Slide 1 of 5