Yangiliklar

"Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!"

Milliy tiklanish" demokratik partiyasi saylangan shahar Kengashi deputati M.Ruziyeva, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi mas’ullari hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida "Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida, mavzu yuzasidan qimmatli fikrlar va ma’lumotlar keltirildi. Tadbir so‘ngida partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi va faol ishtirok etganlar partiyaning viloyat Kengashi tomonidan taqdirlandi.

Slide 1 of 6