Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Yig‘ilishda doimiy komissiya azolari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali rahbari, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibida tumanda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi hamda tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish maqsadida yangilangan ishchi guruhini shakllantirib olish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rildi.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning tumanda ijrosi yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada bu borada qilinishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar mavjudligi ta’kidlandi. Jumladan, 2024-yilda tumanda jami 64 ta baliqchilik xo‘jaliklariga jami 248,7 gektar yer maydonlari biriktirib berilib, baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi, xo‘jaliklardagi 59 gektar sun’iy suv havzalaridan 147,5 tonna baliq maxsulotlari yetishtirilayotgan bo‘lsada, bozorlarda baliq mahsulotlari qimmat va taqchil bo‘layotganligi, berilgan yerlar hamda imtyozlardan fermer xo‘jaliklari to‘g‘ri foydalana bilmayotganligi, bu borada tegishli chora-tadbirlar belgilanishi maqsadga muvofiqligi bildirildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan tumanda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash, tejamkor suv sug‘orish tizimlaridan samarali foydalanish borasida takliflar berildi.

Yig‘ilishda tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish bo‘yicha 13 kishidan iborat ishchi guruhi tuzilib, ularning vazifalari belgilab berildi. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi. Mazkur masalalar navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilishi belgilangan.

Slide 1 of 6