Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bolalar xavfsizligi — ustuvor vazifa!
янв.21
"SALOVAT" MAHALLASI HAR TOMONLAMA XAVFSIZ VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI
янв.21
"Harbiy vatanparvarlik" tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Dastur ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
"Obod koʻcha- obod xonadon-obod mahalla" dasturiga tushgan Boʻston mahallasida ishlar qizg'in davom etmoqda.
янв.21
“14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining qurilish-ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini o‘rgandi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida
DEPUTAT TASHABBUSI: TIBBIYOT XODIMLARI ISLOHOTLAR MARKAZIDA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 2 bandi (aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati) ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev tashabbusi bilan Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Urganch filialida “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tibbiyot sohasi xodimlarining siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 

Yakunda bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida siyosiy huquqiy bilimlarni keng targ‘ib qilish demokratik jamiyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1