Yangiliklar

Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi

 Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlanish sifati va manzilliligi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Shu
maqsadda, 14-“Navbahor” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Saidaxmedova 2026-yil 10-mart kuni
hududidagi Binokor mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati va moddiy yordam tayinlash jarayonlarini o‘rgandi.  

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari: Ijtimoiy xizmat sifati: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati;  

“Ijtimoiy reyestr” shaffofligi: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashda adolat mezonlariga amal qilinishi;  

Yordam pullari haqiqatan ham muhtoj oilalarga yetib
borayotgani va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi.  

Slide 1 of 2