Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🤝 Hamkorlik doirasida:
🔹 fuqarolar uchun bepul huquqiy maslahatlar tashkil etiladi;
🔹 huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari kuchaytiriladi;
🔹 murojaatlar bilan ishlash samaradorligi oshiriladi;
🔹 mahalliy Kengash faoliyatiga huquqiy ko‘mak ko‘rsatiladi.
✒️ Ushbu memorandum aholining huquqiy himoyasini mustahkamlash va jamiyatda qonuniylik tamoyillarini yanada qaror toptirishga xizmat qiladi.