Yangiliklar

Tibbiyot birlashmasida “Tez tibbiy yordam хizmati” faoliyati o‘rganildi.

Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishish davomida tez tibbiy yordam xizmatining ish jarayonini yaqindan ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish davomida deputatlar:

✅ Tez tibbiy yordam chaqiruvlariga javob berish tartibi va samaradorligini o‘rgandilar.

✅ Bemorlarni qabul qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonini kuzatdilar.

✅ Bo‘limning texnik va tibbiy jihozlari bilan tanishdilar, ularning ishlash holatini baholadilar.

✅ Shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning tajriba va muammolarini tingladilar.

Tuman Kengashi deputatlari aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifokorlarning ish sharoitini yaxshilash va tez yordam tizimini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishish davom etmoqda.

Slide 1 of 5