Yangiliklar

Tuman kengashi deputati Zokirova Muyassar saylov okrugida aholi xatlovi va mahalla masalalari muhokama qilindi.

Tuman Kengashi deputati Zokirova Muyassar tomonidan saylov okrugidagi Qo‘yi Rovuston mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammoli masalalar, aholining murojaatlari hamda aholini xatlovdan o‘tkazish jarayonlarining borishi atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2