Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
Deputat nizoli oilalarni yarashtirib, jamoada totuvlikni ta'minlamoqda!

 Yaqinda deputat murakkab
vaziyatga tushib qolgan bir oilani yarashtirishga erishdi. Kelin va
qaynota-qaynonaning o‘zaro kelishmovchiligi sababli, oila ajralish yoqasiga
kelib qolgan edi. Voqeaga befarq bo‘lmagan deputat muammoning tub mohiyatini
o‘rganib chiqdi, har ikki tomon bilan alohida suhbatlashdi, murosaga chorlovchi
muloqotlar olib bordi. Natijada, kelin o‘z oilasiga qaytdi, oila yana
birlashtirildi, bolalar baxtli bo‘lib, ota-onasi bilan birga yashash imkoniga
ega bo‘ldi.
 

Shuningdek, deputat uzoq
yillardan beri o‘zaro chiqisha olmay kelayotgan ikki qo‘shni oilani ham
murosaga keltirdi. Turli mayda-chuyda nizo va e’tirozlar sababli ular o‘zaro
gaplashmay, hatto salom-alikni ham to‘xtatgan edi. Deputat har ikki taraf bilan
muloqot qilib, ularni bir dasturxon atrofida yig‘di. Yaxshi niyat, do‘stona
munosabat va samimiy suhbatlar natijasida taraflar o‘zaro kechirim so‘rab,
totuvlikka erishdi.
 

Deputatning bu kabi ezgu
tashabbuslari mahallada iliq kutib olinmoqda. U nafaqat qonunlar ijrosini
ta'minlash, balki insonlar qalbini eshitish, ularning dardiga hamdard bo‘lish
orqali chinakam xalq vakili sifatida faoliyat yuritmoqda.
  

Slide 1 of 2