Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
Aprel oyi – "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida deputatlar muloqot o‘tkazmoqdalar.

 Joriy yilning aprel
oyida mamlakatimizda e’lon qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish"
oyligi doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati R.Ochilova
tumandagi


55- umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv
o‘tkazdi.Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning
oqibatlari va bu illatga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni keng muhokama
qilindi. R.Ochilova o‘z nutqida korrupsiya nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
taraqqiyotga ham katta to‘siq bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. U, shuningdek, bu
illatga qarshi kurashda huquqiy savodxonlikni oshirish, halollik va adolat
tamoyillarini yosh avlod ongiga singdirish zarurligini alohida qayd etdi. Deputat
o‘quvchilarga o‘zining hayotiy tajribalari va kasbiy faoliyatidan misollar
keltirgan holda, har bir fuqaroning halol va vijdonan yashashi orqali
korrupsiyaga qarshi kurashish mumkinligini tushuntirdi. Suhbat davomida
o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, muhim
mavzular yuzasidan fikr almashishdi.
 

Tadbir yakunida
R.Ochilova bitiruvchilarga kelgusi hayotlarida halollik, mehnatsevarlik va
qonunlarga hurmat bilan yondashishlari, yurt ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishlarini
tilab qoldi. Uchrashuv barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib,
yoshlarda huquqiy ongni oshirishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 2