Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo`lib o`tdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi mudiri E.Kudratovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5633-sonli Farmonining ijrosi bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti eshildi.

Ikkinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar jamiyati Toshkent viloyati bo‘limining 31.01.2025-yildagi 1/01-15-sonli xatiga asosan Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining 2025-yil 4-yanvardagi “Tumandagi ayrim yer egalariga ijara asosida ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanish holatlari to‘g‘risida”gi VII-4-1-10-137-K/25-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Uchinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi, ya`ni

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida;

 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida;

 Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlari ko'rib chiqildi va navbatdagi sessiya kun taribiga kiritish bo`yicha xulosa berildi.

 https://t.me/TV_Kengash 

Slide 1 of 3