Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA BELLASHMOQDA
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — YANGI ISH O‘RINLARI VA KASB-HUNAR SARI MUHIM QADAM
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘IDAGI ATRAKSIONLARNI TA’MIRLASH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FAROVON OILA” — OILA MUSTAHKAMLIGI VA HAMJIHATLIK SARI
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K.Muxitdinova Xalq deputatlari Olmazor tuman kengash kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixovlar tomonidan Olmazor tumani Umid MFY hududida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi

🔎 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan olib borilib, boshqaruv kompaniyasining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ko‘p qavatli uylarning:
▫️ Kuz qish mavsumiga tayyorligi;
▫️ ichki yo‘laklari va kirish qismlari (pod’yezdlari);
▫️ yerto‘lalari;
▫️ uylarning atrofidagi hududlar;
▫️ tozalik va obodonlashtirish holati;
▫️ yoritish tizimlarining sozligi;
▫️ umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

🏘 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash, yoritish tizimlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi

Slide 1 of 4