Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YAKKASADAY VA GULBOG‘ MAHALLALARIDA BELGILANGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA O‘Z IQTIDORINI NAMOYISH ETMOQDA
янв.21
OLVALIZOR” MAHALLASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
“YANGI ASR” MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
GENDER TENGLIK VA XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KITOBXONLIK MADANIYATI — YOSHLAR KAMOLOTINING MUHIM OMILI
янв.21
AJDODLAR XOTIRASI — MUQADDAS, QADAMJOLAR OBODLIGI — EZGU QADRIYAT
янв.21
“YOSHLAR SAYILGOHI”NING XIZMAT KO‘RSATISH VA TURIZM SALOHIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
QONUNIY TADBIRKORLIK — BARQAROR TARAQQIYOT ASOSI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartiblarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri Abu Saxiy savdo markazida tashkil etildi.

Tadbirda 17-Bekto‘pi saylov okrugi xalq deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shakarov Behruz Bazarbayevich, Toshkent shahar statistika boshqarmasi Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xakimov Majiddin Jo‘vliyevich hamda Chilonzor tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Tohirov Davronbek Ulug‘bek o‘g‘li ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tadbirkorlarga davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda tashkil etishning afzalliklari hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, statistik hisob va ro‘yxatga olish jarayonlariga oid ma’lumotlar taqdim etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, davlat ro‘yxatidan o‘tish tartib-taomillari to‘g‘risida xabardorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yuritishga ko‘maklashishdan iborat.

Bunday targ‘ibot tadbirlari tadbirkorlar va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qonuniylik tamoyillarini keng targ‘ib etish hamda ochiq va shaffof ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qonuniylik va shaffoflik — tadbirkorlik rivoji va iqtisodiy barqarorlikning muhim omilidir.

Slide 1 of 4