Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA

2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yog‘ingarchilik davrida suv to‘planishi va aholi harakatida noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan “Bek-to‘pi” mahallasidagi ariqlar va lotoklarning holati o‘rganildi. O‘rganish davomida chiqindilar to‘planib qolgani, suv oqimiga to‘sqinlik qiluvchi tiqilishlar yuzaga kelishi mumkinligi aniqlandi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat A.A. Xusainovning tashabbusi bilan ariqlar va lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi. Natijada suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan chiqindilar olib tashlanib, yog‘ingarchilik paytida suv to‘planishi va tiqilishlar yuzaga kelishining oldini olish choralari ko‘rildi.

Amalga oshirilgan ishlar mahallada sanitariya holatini yaxshilash, bolalar va aholining erkin hamda qulay harakatlanishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4