Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ko‘p qavatli uylarda xavfsizlikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida “Bek-to‘pi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi “F-A-F Farovon Zamin Service” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi rahbari A.F. Firdavsov tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishilib, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, atrof hududlar tozaligi va elektr taqsimlash qurilmalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida uylar ichidagi elektr qurilmalari yangilangani va ularning umumiy holati qoniqarli ekani aniqlandi. Shuningdek, umumiy foydalanish joylarida tozalikni muntazam ta’minlash, elektr jihozlarining xavfsizligini nazorat qilish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylarini doimiy nazorat qilish va kuz-qish mavsumida barqaror hamda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ko‘p qavatli uylarda tozalik va tartibni ta’minlash, muhandislik tarmoqlarining holatini nazorat qilish hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishdir.

Slide 1 of 2