Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA BELLASHMOQDA
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — YANGI ISH O‘RINLARI VA KASB-HUNAR SARI MUHIM QADAM
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘IDAGI ATRAKSIONLARNI TA’MIRLASH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FAROVON OILA” — OILA MUSTAHKAMLIGI VA HAMJIHATLIK SARI
🏦RAQAMLI TA’LIM — YOSHLAR KELAJAGIGA INVESTITSIYA

🔰#munosabat

🏦RAQAMLI TA’LIM — YOSHLAR KELAJAGIGA INVESTITSIYA

🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
2030-yilgacha 5,5 million nafar yoshni raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish, robototexnika, sun’iy intellekt va dasturlash kabi istiqbolli yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash rejalari mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
✔️Deputat sifatida ta’limning raqamlashtirilishi, ayniqsa, chekka hududlardagi yoshlar uchun ham teng imkoniyatlar yaratishiga alohida e’tibor qarataman. Chunki har bir yosh zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali o‘z kelajagini qurish, munosib ish topish va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
✔️Endilikda asosiy vazifa — belgilangan rejalarni amaliyotga samarali tatbiq etish, ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning egallagan bilimlarini real ish o‘rinlari bilan bog‘lashdir.
✔️Raqamli bilim — zamonaviy kasb, yangi imkoniyat va barqaror kelajak demakdir!

Shahboz Teshayev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt