Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
➡️Xalqaro investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili

🔰#munosabat

➡️Xalqaro investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili

🏦Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashuvi mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, davlat korxonalarini modernizatsiya qilish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo‘lidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, xalqaro moliyaviy hamkorlikning asosiy natijasi iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va aholi farovonligining oshishida namoyon bo‘lishi lozim.

🏦Shu bois, jalb etilayotgan investitsiyalarning samaradorligi, davlat korxonalari faoliyatining shaffofligi va iqtisodiy islohotlarning hududlar rivojiga ta’siri doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur.

🏦Ishonamanki, xalqaro hamkorlikning kengayishi O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt