Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI IJROSI O‘RGANILADI

“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI IJROSI O‘RGANILADI

🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 19-oktabrdagi DKQ 03-05/169-26-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qarori ijrosini o‘rganish belgilandi.

📑 Mazkur qaror mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish hamda qaror va farmoyishlarni elektron shaklda ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibini belgilaydi.
👥 Doimiy komissiya qarori bilan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil etilib, uning tarkibi tasdiqlandi.
📋 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
🔹 Tuman hokimligi va tuman Kengashi faoliyatida “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish holati;
🔹 Qaror loyihalarini ishlab chiqish, manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonlari;
🔹 Elektron raqamli imzodan foydalanish hamda hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi;
🔹 Qabul qilingan qarorlarni ro‘yxatga olish, e’lon qilish va ochiqlikni ta’minlash amaliyoti;
🔹 Tizimdan foydalanishda uchrayotgan tashkiliy, texnik va huquqiy muammolar.
✅ O‘rganish ishlari tasdiqlangan savolnoma asosida olib boriladi. Yakunida aniqlangan holatlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar aks ettirilgan ma’lumotnoma tayyorlanadi.
📌 O‘rganish natijalari tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, zaruratga ko‘ra Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etiladi.