AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Istiqlol” MFY hududidagi 47-son oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida aholiga tibbiy yordamni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, bemorlarni qabul qilish tizimi, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda tibbiyot muassasasining mavjud sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Oilaviy poliklinikaning katta feldsheri I. Abzalov bilan muloqot davomida tibbiy xizmatlarni tashkil etish, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
📊 O‘rganish davomida poliklinika hisobida 194 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, aholiga bepul beriladigan 28 turdagi dori vositasini olish tartibi yuzasidan ma’lumotlar olindi.
💊 Imtiyozli toifadagi fuqarolarning zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.
⚠️ Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.