Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
MADANIYAT SOHASIDA QONUNCHILIK IJROSI VA FAOLIYAT SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Aholining madaniy hayotini yuksaltirish, madaniy xizmatlar sifatini oshirish hamda madaniyat muassasalari faoliyatining samaradorligini ta’minlash doimiy e’tibor talab etadi. Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar Madaniyat bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida tashkil etildi.

Jarayonda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, N.Akbarova ishtirok etdilar. Mas’ullar bo‘lim faoliyati bilan tanishib, tegishli hujjatlarni o‘rgandilar.

Jumladan, tasdiqlangan ish rejalari va hisobotlarning yuritilishi, kadrlar tarkibi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda faoliyatni belgilangan talablar asosida tashkil etish masalalari o‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi.

Bo‘lim rahbari A.Yuldashevning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda shahar Madaniyat bo‘limida 46 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Mazkur mehnat jamoasi zimmasiga aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish, milliy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylash, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda hududda madaniy hayotni rivojlantirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar muassasalar faoliyatiga xolis baho berish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularning bartaraf etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4