Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA BELLASHMOQDA
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — YANGI ISH O‘RINLARI VA KASB-HUNAR SARI MUHIM QADAM
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘IDAGI ATRAKSIONLARNI TA’MIRLASH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA MAHALLA BANKIRI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan Birlashgan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda mavjud masalalarga qonuniy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, mahallada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda har bir fuqaroning muammosiga befarq bo‘lmaslik muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi va mas’ul rahbarlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mahallada sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Asosiy maqsad — fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, mahallada osoyishtalikni mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olish orqali xalq roziligiga erishishdir.

Slide 1 of 4