Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
“NAJOT TA’LIM” MAKTABI FAOLIYATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA BELLASHMOQDA
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — YANGI ISH O‘RINLARI VA KASB-HUNAR SARI MUHIM QADAM
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘IDAGI ATRAKSIONLARNI TA’MIRLASH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Z. M. BOBUR NOMIDAGI ISTIROHAT BOG‘IDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FAROVON OILA” — OILA MUSTAHKAMLIGI VA HAMJIHATLIK SARI
BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

BOLALAR MAYDONCHASINING HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan O‘rikzor mahallasida, 603-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tutash hududda joylashgan bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida mahalla ehtiyojlari uchun bolalar maydonchasi hududidan suv quvuri o‘tkazilgani, biroq ishlar yakunlangach, qazilgan joy qayta beton qoplamasi bilan tiklanmasdan, shu holatda qoldirilgani aniqlandi. Bu esa hududni obodonlashtirish va bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratish zarurligini ko‘rsatadi.

💼 Mazkur masala yuzasidan tuman SUVSOZ korxonasi rahbari Shuhrat Djurayevga tegishli tavsiyalar berilib, hududni tartibga keltirish va beton qoplamasini tiklash zarurligi ta’kidlandi. O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda ekspert guruhi a’zosi A.Giyasov ham ishtirok etdi.

📈 Asosiy maqsad — bolalar maydonchasini obod va xavfsiz holatga keltirish, kommunal ishlar yakunlangach, hududni qayta tiklash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

Slide 1 of 3