XDPdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Yusupova 1-Navoiy saylov okrugi "Chordara" mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, murojaatlarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
Bunday o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mahallalarda mavjud muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.