YER VA BINOLARGA HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDAGI QONUN IJROSI
Tuman Kengashi raisi X. Sultanov tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini oʻrgandi.
🔍 Oʻrganishda:
Qonun ijrosining tuman hokimligida toʻgʻri tashkil etilishi holati koʻrib chiqildi;
2018-yil 1-mayga qadar qurilgan bino va inshootlar hamda aholi turar joylariga egalik huquqini eʼtirof etish boʻyicha viloyat hokimligiga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilindi;
Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlanib, turar joylariga qonuniy egalik huquqini qoʻlga kiritgan fuqarolarning minnatdorchiligi alohida taʼkidladi.
⚖️ Aholi murojaatlarini adolatli hal etish va ularning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini amalda taʼminlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.