Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLARNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI REJALASHTIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JAMOAT XAVFSIZLIGI VA TEXNIK MUHOFAZA TIZIMLARI HOLATI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: MEHNAT YARMARKASIDA YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
2027-YIL UCHUN ISH O‘RINLARINI BAND QILISHGA OID SESSIYA OLDI HUJJATLARI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA OID SESSIYA OLDI HUJJATLARI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kengash_raisi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Navro'z” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 18-Navro'z saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev "Navro'z" MFYda bo‘lib, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida mahalladagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1