Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 2026-yil 14-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Senat Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi hamda davlat organlari va tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

🔺 Mazkur majlisda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Toshkent shahrining tegishli mas’ullari onlayn shaklda ishtirok etdi.

📋 Majlisda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarning oldini olish, joylarda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Xususan, ayrim murojaatlarning birinchi bosqichda to‘liq hal etilmasligi, fuqarolarning turli idoralarga takroran murojaat qilishiga sabab bo‘layotgan omillar, murojaatlarni ko‘rib chiqishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilishi va belgilangan muddatlarga rioya etilmasligi kabi holatlar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda faqat ularni qabul qilish va ko‘rib chiqish bilan cheklanmasdan, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish hamda fuqarolar bilan samarali qayta aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Majlisda mahalliy Kengashlar zimmasiga ham muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, hududlarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini muntazam muhokama qilib borish, mavjud tizimli muammolarga e’tibor qaratish hamda ularning bartaraf etilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

✅ Muhokamalar yakunida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda davlat organlari va tashkilotlarining mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10