Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
“Majnuntol” mahallasida mahalla boshqaruvi va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Mahalladagi muammolarni joyida aniqlash, aholi murojaatlarini manzilli hal etish va “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil qilish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Mavjud muammolar va aholi bilan ishlash samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalar asosida tashkil etildi.
Muloqotda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

▪️ “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashtirish;

▪️ fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni xonadonbay o‘rganish;

▪️ mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda ularning yechimi ustida ishlash;

▪️ mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;

▪️ aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Shuningdek, deputat J.Xamroqulovning o‘tgan davr mobaynida mahalla bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari ham tahlil qilindi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollariga aholi murojaatlari bilan ishlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati davom etadi: asosiy e’tibor — aholi muammolarini aniqlash, ularning yechimini izlash va ijro intizomini ta’minlashga qaratilgan.