Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
JAMOATCHILIK NAZORATINI SHAKLLANTIRISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING O‘RNI

Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati, avvalambor, jamoat tashkilotlari – siyosiy partiyalar, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari va boshqalar faoliyatining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Binobarin, hokimiyat organlarining jamoat tashkilotlari orqali xalq bilan muloqoti demokratiyani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazorati – umuman, jamiyat yoki alohida fuqarolar guruhi tomonidan ijtimoiy institutlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini optimallashtirish maqsadida ularning shakllanishi va faoliyat yuritishini qayd etish va baho berish mexanizmidir.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksini quydagi mazmundagi 1987-modda bilan toʻldirish taklif etilmoqda: Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma shaklida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tayyorlangan yakuniy hujjatni belgilangan muddatda koʻrib chiqmaslik – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.”

Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari alohida oʻringa ega. Fuqarolik jamiyati institutlari ham jamoatchilik nazoratini samarali yoʻlga qoʻyish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari yuqori darajada taʼminlanishidan, davlatimizning yuksalishi va taraqqiy topishidan manfaatdordir. Zero, ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlari ham aynan shunday ezgu maqsadlarga yoʻnaltirilgan.

   

B.Ruzmetov,
viloyatKengashi huzuridagi
ekspert guruhi aʼzosi