Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
MILLIY QADRIYATLARIMIZ — O‘ZBEKISTONNING DUNYOGA YUZ TUTGAN SIYMOSI

🔰#munosabat

MILLIY QADRIYATLARIMIZ — O‘ZBEKISTONNING DUNYOGA YUZ TUTGAN SIYMOSI

Milliy taomlar festivali doirasida O‘zbekistonning boy madaniy merosi, betakror pazandalik an’analari va hunarmandchilik san’atining namoyish etilishi xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, milliy taomlarimiz, qadimiy hunarmandchiligimiz va kuy-qo‘shiqlarimiz — xalqimizning tarixi, o‘zligi va ma’naviy boyligini namoyon etuvchi bebaho merosdir. Bunday festivallar turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy muloqotni mustahkamlash, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni dunyoga tanitish va kelajak avlodga yetkazish — barchamizning sharafli burchimizdir.

Shuhrat Boboyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt