Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR
янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏛 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasi hududida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Jumladan:
🔹 isitish tizimlarining texnik holati;
🔹 mavjud jihozlarning sozligi;
🔹yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
🔹 bino va inshootlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

✅ Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2