Uzun tumanidagi "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida uzumchilikni rivojlantirish va aholi turmush tarzi o‘rganildi
Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova hamda viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirovalar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda tumanidagi "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
Tadbir davomida deputatlar va tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari mahalla guzarini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, ular mahalladagi uzum voyish qilingan ko‘cha bo‘ylab bo‘lib, bu yerda uzumchilikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish borasidagi tajribalar va aholi bilan dildan muloqot qildilar.
Xususan, mas’ullar bevosita fuqarolarning xonadonlariga kirib, ularning yashash sharoitlari, oilaviy tadbirkorlik va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdilar.
🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati