Deputat saylovchilar qabulini o‘tkazdi: “Do‘stlik” MFY fuqarolarining murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 7-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Safargul Rajabova “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabulini tashkil etdi.
Uchrashuv davomida deputat aholi tomonidan bildirilgan murojaat va muammolarni birma-bir tinglab, har bir masalani joyida va batafsil o‘rgandi.
Bildirilgan taklif va murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.